Biz haqimizda

Adabiy Obzorlar Bazasi — o'zbek va jahon adabiyotiga oid ilmiy hamda tanqidiy adabiy obzorlarni jamlash, tizimlashtirish va keng kitobxonlar hamda tadqiqotchilar e'tiboriga havola etishga mo'ljallangan elektron ilmiy platformadir.

Platforma filologiya, adabiyotshunoslik va adabiy tanqid sohalarida chop etilgan adabiy obzorlarni bir joyga jamlab, ularni mavzu, muallif va adabiy yo'nalishlar bo'yicha qulay qidirish imkonini beradi. Foydalanuvchilar maqolalarni onlayn o'qish, PDF shaklida yuklab olish hamda ilmiy izlanishlarida foydalanishlari mumkin.

Mazkur loyiha talabalar, magistrantlar, doktorantlar, ilmiy tadqiqotchilar, professor-o'qituvchilar va adabiyot ixlosmandlari uchun ishonchli ilmiy manba bo'lishni maqsad qilgan.

Platformamiz muntazam ravishda yangi ilmiy maqolalar, adabiy obzorlar va bibliografik ma'lumotlar bilan boyitib boriladi. Asosiy maqsadimiz — o'zbek adabiyotshunosligida adabiy obzor janrini rivojlantirish, ilmiy axborot almashinuvini kengaytirish hamda adabiy merosni zamonaviy raqamli muhitda ommalashtirishdir.