Navoiy va Temuriylar davri madaniyatining o'zaro bog'liqligi
Annotatsiya
Temuriylar davri Movarounnahr va Xurosonning madaniy-ilmiy gullab-yashnagan davrida Navoiy markaziy shaxs bo'ldi. Ushbu tadqiqotda Navoiyning «Majolis un-nafois» asari asosida davr shoirlari haqidagi qarashlari, Husayn Boyqaro saroyi madaniy muhiti va Navoiy homiylik faoliyati o'rganiladi.